Emmanuel Makron Fransiyani urushga yetaklamoqda – fransuz siyosatchisi

Florian Filippo: Agar biz uni to‘xtatmasak, u bizni urushga yetaklaydi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatni urushga yetaklamoqda. Bu haqda siyosatchi va sobiq Yevroparlament deputati Florian Filippo ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Makron bugun kechqurun Ukraina haqida: “Biz uzoq davom etadigan mojaroga tayyormiz!” dedi va u fransuzlarning fikrini so‘radimi?! Albatta, yo‘q! Agar biz uni to‘xtatmasak, bu amerikaga bo‘ysinuvchi qirg‘iy odam bizni urushga olib boradi!", deya yozadi u Twitter – sahifasida.

Avvalroq Fransiya prezidenti hozir Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish vaqti emasligini aytgandi.