Bugun faqat ikkita viloyatda yomg‘ir yog‘adi

Prognozlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +2 daraja sovuq +3 daraja iliq bo‘ladi.