Baxtiyor Saidov Turkiyada o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasiga bordi – foto

Tashqi ishlar vaziri 10000 dan ortiq etnik o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasida bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkiyaga safari davomida o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasiga bordi.
“10000 dan ortiq etnik o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasida bo‘ldim Mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan bu yerga kelgan barcha vatandoshlarimizdan minnatdormiz", deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Baxtiyor Saidov
Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi ko‘chma gospitali 2000ga yaqin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatdi. FVV xodimlari esa vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib oldi.
Baxtiyor Saidov
Eslatib o‘tamiz, hozirda Baxtiyor Saidov Turkiyada bo‘lib turibdi. U tashrifi davomida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.
Baxtiyor Saidov