Raqamli texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi startapga prezident sovrini beriladi

Prezident sovrini uchun "Raqamli texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi starap" tanlovi e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi e’lon qilindi. Bu haqida 15-fevral kuni qabul qilingan 66-sonli hukumat qarorida aytib o‘tilgan.

Nizomiga ko‘ra, tanlov 2023-yildan boshlab har yili may oyida o‘tkaziladi.

Beshta asosiy yo‘nalishlar shartlari:

sun’iy intellekt texnologiyalari;
ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
kompyuter va mobil o‘yin dasturlari.
Asosiy yo‘nalishlarida 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin, bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali aniqlanadi va ushbu yo‘nalish g‘oliblari uchun qo‘yidagi sovrinlar belgilangan: $ 100 ming (1-o‘rin), $ 50 ming (2-o‘rin), $ 30 ming (3-o‘rin).

Bitta maxsus yo‘nalish shartlari:

Maxsus yo‘nalish sharti - 72 soat davomida alohida dasturiy mahsulotning protopini ishlab chiqish. Bunda jamoalar oldiga qo‘yiladigan shartlar tanlovning ishchi organi tomonidan ishlab chiqiladi va tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus yo‘nalishda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan jamoalar (3–5 kishi), texnologik park rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

Max’sus yo‘nalish g‘olibi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan aniqlanadi va bitta 100 ming dollarlik sovrin belgilangan.