Endi barcha “zapravkalar”ning elektr energiyasi quyosh panellari orqali qoplanadi

Shaxobchalardagi maishiy-texnik ehtiyojlar va hududni yoritish uchun elektr energiyasi ta’minotining kamida 50 foizi quyosh panellari orqali qoplanadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Endi O‘zbekistondagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida foydalaniladigan elektr energiyasi quyosh panellari orqali qoplanadi. Bu haqda 16-fevral kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, respublikadagi barcha yoqilg‘i avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchalariga quyosh panellari o‘rnatiladi.
Shaxobchalardagi maishiy-texnik ehtiyojlar va hududni yoritish uchun elektr energiyasi ta’minotining kamida 50 foizi mazkur quyosh panellari orqali qoplanadi.
Qarorda 20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish nazarda tutilgan.