Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi

O‘zgidromet: tog‘li hududlarda dam olish kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi.
Yakshanba kuni barcha hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Havo harorati kechasi +0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda -2 daraja sovuqgacha bo‘ladi. Kunduz kuni esa havo +7-12 darajagacha isiydi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-18 fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda dam olish kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Qor beqaror holatda bo‘ladi.