Chevrolet Onixni mart oyida xaridorlarga yetkazib berish boshlanadi

Chevrolet Onix avtomobilini seriyali ishlab chiqarish 2023-yilning 15-fevralidan boshlab yo‘lga qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Shu yilning mart oyidan boshlab Chevrolet Onix avtomobillari rasmiylashtirilgan shartnomalarga asosan o‘z egalariga topshiriladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga "O‘zavtosanoat" AJ matbuot kotibi Zumrad Shadjalilova ma’lum qildi.
Chevrolet Onix avtomobilini seriyali ishlab chiqarish 2023-yilning 15-fevralidan boshlab yo‘lga qo‘yildi.
Aytish joizki, yangi Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari GM GEM (global bozorlar uchun) platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun korxonaga 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritilgan. Kelajakda Onix avtomobilini mahalliylashtirish darjasi 70 foizga yetkaziladi, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning noyabr oyidan boshlab xaridorlar avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik markazlarida Onix avtomobillarini sotib olish uchun shartnomalar tuzishni boshlashgan edi.
Chevrolet Onix avtomobilning narxi 153 million so‘mdan 214 million so‘mgacha belgilangan.Avtomobil 5ta komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan: LS, 1LT, 4LT LTZ, Premier 1 va Premier 2.