Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

Poytaxtda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ertalab Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.