TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Joriy hafta oxirida vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ning faoliyatini bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ko‘rilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko‘tarilib borishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda AGTKShlarining faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, quvurlarda gaz bosimini bir meyorga keltirish va ushbu meyorni saqlab turish uchun AGTKShlari qisqa vaqt oralig‘ida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi.