TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Pekinga haftalik aviaqatnovlar soni oshirilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 22-fevraldan boshlab “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Pekinga har hafta ikki marta muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Parvozlar muntazam ravishda haftaning seshanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq, “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Rossiyaning Omsk va Nijniy Novgorod shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.