TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaro bo‘yicha to‘rtta muhim masalada xaq bo‘lib chiqdi. Bu haqda Garvard universiteti xalqaro aloqalar professori Stiven Uolt Foreign Policy nashriga ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Shunday qilib, muallif, birinchi navbatda, Moskvaning G‘arb tomonidan kiritilgan cheklovchi choralarini yengishdagi muvaffaqiyatiga ishora qildi.
“Putin biz kirita oladigan har qanday sanksiyalarga qaramay Rossiya dosh bera olishiga ishongan holda Maxsus harbiy operatsiyani boshladi va u hozirgacha o‘zning to‘g‘riligini isbotlab berdi”, — deyiladi nashrda.
Ikkinchidan, muallifning fikricha, Putin Rossiya xalqi mumkin bo‘lgan xarajatlarga xayrixoh bo‘ladi va u tanlagan yo‘nalishga rozi bo‘ladi, deb to‘g‘ri xulosa qildi.
Uchinchidan, Rossiya rahbari boshqa davlatlar o‘z manfaatlariga ergashishlari va uning harakatlari hamma joyda ham qoralanmasligini tushungan.
"Yevropa, Qo‘shma Shtatlar va boshqa bir qancha davlatlar keskin va qat’iy munosabatda bo‘lishdi, ammo global janubning asosiy a’zolari va boshqa ba’zi taniqli davlatlar (masalan, Saudiya Arabistoni va Isroil) bunga qarshi emas", deb yozadi professor.
To‘rtinchidan, Uoltning so‘zlariga ko‘ra, eng muhimi, Putin Ukraina taqdiri va kelajagi G‘arbga emas, Rossiya uchun muhimroq ekanini to‘g‘ri tushundi. Chunki Ukraina qo‘shni davlat bo‘lsa-da, amerikaliklar u bilan hech qachon qiziqmagan.