TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Nodirbek Abdusattorov Dusseldorfda musobaqasi doirasida hozirgina birinchi o‘yinni durang natija bilan yakunladi.
Uning raqibi, jahon shaxmatchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy edi.
Germaniyaning Dusseldorf shahrida bo‘lib o‘tayotgan WR Chess Masters musobaqasi 15 - 26-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Anish Giri, Vesli So, Levon Aronian kabi dunyoning yetakchi shaxmatchilari ishtirok etishmoqda. Xususiy homiylar tomonidan tashkil qilingan musobaqaning mukofot fondi 40 000 Yevroni tashkil qiladi.