Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi vaziyat muhim burilish nuqtasiga yetdi – britaniyalik siyosatchi

Siyosatchining fikricha, faqat muzokaralargina Ukrainani mag‘lubiyatdan qutqarishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Kiyev rasmiylari Moskva bilan muzokaralarni boshlashi kerak, aks holda rossiyalik harbiylar Ukraina qurolli kuchlarini tor-mor qiladi. Bu haqda britaniyalik siyosatchi Jorj Gallovey ta’kidladi.
“Menimcha, Ukrainadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhim burilish nuqtasiga yetdi. Aftidan, ba’zi bo‘linmalar uzoq muddatli harbiy harakatlarni to‘xtatib, orqaga chekinmoqda. Qolganlari ham, ishonamanki, ularga ergashadi. Agar yo‘q bo‘lsa, Rossiya qurolli kuchlari ularni sanoqli kunlarda, hatto haftaga bormay tor-mor etadi”, -dedi siyosatchi.
Uning fikricha, faqat muzokaralargina Ukrainani mag‘lubiyatdan qutqarishi mumkin. U mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishdagi asosiy to‘siqni NATOning Ukraina hududiga “kirishi” deb atadi.
“NATO hech qachon Ukrainada bo‘lmaydi, uning qurollari ham, shaxsiy tarkibi ham, geostrategik nuqtayi nazari ham. Ukraina haqiqiy betaraf davlatga aylanishi kerak”, - deydi u.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “hech qanday Minsk-3 bo‘lmaydi” deb ta’kidlagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday so‘zlar Kiyevning muzokaralar olib borishni istamasligi haqidagi pozitsiyasini “mutlaqo tasdiqlaydi”, degan.