Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Artemovskdan arxivlarni olib chiqib ketmoqda - video

Rossiya kuchlar guruhi Artemovskdagi Ukraina qo‘shinlari uchun oxirgi ta’minot yo‘li - Chasov Yar yo‘lini to‘sib qo‘yish arafasida turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Artemovskdan davlat organlarining arxiv hujjatlarini olib chiqish boshlandi, deb habar qildi Ukrainaning "Strana..ua" nashri.
Ko‘ngillilar tomonidan suratga olingani videoda shahar ta’lim bo‘limi arxividagi qog‘ozlar papkalari mikroavtobusga ortilgani aks etgan. Ularni singan deraza orqali furgonga ortishmoqda.
Shuningdek, bugun ertalab LXR militsiyasi iste’fodagi podpolkovnigi Andrey Marochko o‘z manbalariga tayanib, Artemovsk yaqinida joylashgan Chasov Yar shahridan davlat idoralari va korxonalarini evakuatsiya qilish boshlanganini aytdi. Bundan tashqari, mahalliy aholi ham turar joylarini tark etmoqda.
DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Rossiya qo‘shinlari Paraskoviyevka hududida jang qilayotganini aytugan edi. Ushbu aholi punktining ozod etilishi Artemovskdagi Ukraina qo‘shinlari uchun oxirgi ta’minot yo‘li - Chasov Yar orqali o‘tgan yo‘lni to‘sib qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, Artyomovsk - DXRning Gorlovka shimolidagi Kiyev nazorati ostidagi qismida joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qurolli kuchlarini ta’minlash uchun muhim transport markazi hisoblanadi.