TOShKENT, 15 fev — Sputnik. To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturada o‘qish uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘ngi muddati 15-mart etib belgilandi.
Mazkur tartib quyidagilar uchun amal qiladi:
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar;
Professional ta’lim muassasalari (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
O‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.
Shu kuni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish ham tugaydi.
Shuningdek, qaror bilan 20-yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.