“Sirdaryo” va “S.Najimov” chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi

Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Bugundan Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lovchi “Sirdaryo” va “S.Najimov” chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonning “Qazigurt” (“S.Najimov”) va “Atameken” (“Sirdaryo”) o‘tkazish punktlari rekonstruksiya qilinmoqda. Shu sababli mazkur postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tn.gacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik amalga oshirilmaydi.
Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi.
Ushbu o‘tkazish punktlariga muqobil sifatida quyidagi o‘tkazish punktlari orqali harakatlanish mumkin:
Ish tartibi kunu-tun bo‘lgan “G‘ishtko‘prik” va “Yallama”;
Ish tartibi kunning yorug‘ vaqtida bo‘lgan “Malik” va “Oq oltin”.