Rossiyalik shifokor tug‘ma nuqsonli bolalarda murakkab operatsiya o‘tkazdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi maldum qilishiga ko‘ra, bundan buyon har 6 oyda Rossiyadan tajribali shifokorlarni olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida rossiyalik tajribali shifokor ishtirokida murakkab operatsiyalar o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Oldigi yillarda, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi bo‘yicha murakkab operatsiyalar uchun xorijga borilar edi. Endilikda mahalliy tibbiyot markazlarida ham bunday operatsiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmoqda.
V Samarkandskom detskom meditsinskom sentre provodatsya slojnie operatsii.
Rossiyalik tajribali vrach G.I. Turner nomidagi Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi milliy tibbiyot ilmiy markazi suyak xirurgiyasi va rekonstruksiyaviy mikroxirurgiya bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi, travmatolog-ortoped vrach Sergey Golyana Samarqandda murakkab operatsiyalarni o‘tkazmoqda.
Ko‘p tarmoqli Tibbiyot markazida 10 ga yaqin bolalarda suyak muammolari, qo‘l barmoqlarning birikish patologiyasi, ortopedik tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazildi. Bolalarning ota-onalari shifkorlardan minnatdor.
V Samarkandskom detskom meditsinskom sentre provodatsya slojnie operatsii.
“Meni 3 yoshli bolam bor, u o‘ng qo‘l barmoqlarida birikish patologiyasi bilan tug‘ilgan. Bundan bir necha oy oldin murakkab operatsiya faqat Rossiyada o‘tkaziladi, deya tuman poliklinikasidan bizni qaytarishgandi. Lekin biroz vaqt o‘tib yo‘llanma asosida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga keldik. Bu yerda rossiyalik malakali ortoped mahalliy vrachlar bilan birgalikda bolamdagi tug‘ma nuqsonni operatsiya qilishdi. Hozir bolamni barmoqlari sog‘lom ishlamoqda”, deydi operatsiya qilingan bemor bolaning onasi Feruza Boboyorova.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maldum qilishiga ko‘ra, bundan buyon har 6 oyda Rossiyadan tajribali shifokorlarni olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.
Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
Xabarda aytilishiga ko‘ra, oldin bunday operatsiyalar xorijiy davlatlarda yoki Toshkentda amalga oshirilgan. Bemorlarning navbatda turishi yoki ota-onalari pul topa olmagani uchun operatsiya oldidan bolalar asoratlar va qo‘shma kasalliklardan vafot etgan.