Mudofaa vazirligi "Grad"lar ishlashini ko‘rsatdi - video

Sputnik
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi "Grad" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimining Ukraina Qurolli Kuchlari pozitsiyalariga zarba berishini ko‘rsatdi.
"Biz nishonlarga urmoqdamiz. Kayfiyat yaxshi. Tayyormiz va oxirigacha harakat qilamiz", - dedi bo‘linma vzvod komandiri.
Ma’lumot uchun, RSZO "Grad" - yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi sobiq Ittifoqda 1960-yillarda ishlab chiqilgan snarad va raketalar bilan zarba berish tizimi bo‘lib u MDH davlatlarida eng ko‘p tarqalgan qurollar turiga kiradi. Ishlab chiqarilgan qurollar soni - 8500dan ortiq.
Massa - 13,7 tonna
Kalibr - 122 mm
Raketalar soni - 40 ta
Minimal zarba berish masofasi - 1600, 2500, 4000 m.
Maksimal masofa: - 33, 40, 42 km. (snarad turiga qarab)
Zarba berish hududi - 145 km2.
Maksimal balandlik burchagi - 55°.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.