TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Malayziyadagi tepalikka “O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi ko‘rsatkichi o‘rnatildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Turistik ko‘rsatkich Perlis shtatidagi “Wang Kelian” tepaligiga o‘rnatildi. U yerda shuningdek, Nepal, Bruney, Kanada va boshqa davlat ko‘rsatkichlari ham joylashgan.
Ko‘rsatkichda O‘zbekistongacha bo‘lgan masofa 5,218 km ekanligi qayd etilgan.
Mazkur tepalik dengiz sathidan 304 metr balandlikda joylashgan. Ushbu sayyohlik markazi bevosita tropik o‘rmon manzarasiga tutashgan.
Malayziyaning Perlis shtatidagi “Wang Kelian” tepaligi
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Malayziya bilan ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda nafaqat turistlar oqimi, balki ziyorat turizmi sohasidagi malakali mutaxassislar safini kengaytirish borasida ham hamkorlikka kelishilgan.