TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Insoniyat XXI asrda xavfli meteorni urib tushirishga qodir bo‘lgan kosmik tahdidga qarshi mudofaa tizimini yaratadi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Oleg Ugolnikov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Astranomning so‘zlariga ko‘ra, albatta, 10 metrlik meteorni harakatlantirish qiyin. Buning uchun uni uzoq vaqt aniqlash kerak.
“Bunday g‘oyalar bor, lekin amalga oshirishgacha qancha vaqt qolganini bilmayman ...Bu XXI asrda, albatta, bo‘ladi. Kelgusi 80-yil ichida ular buni o‘ylab topadilar deb o‘ylayman", deb javob berdi u.
Eslatib o‘tamiz, bundan 10-yil avval, 2013-yil 15-fevralda Chelyabinsk viloyatiga meteorit qulagan edi. Portlash to‘lqini 7 mingdan ortiq binolarning derazalarini urib yubordi, 1,6 mingdan ortiq odam shisha bo‘laklari bilan tan jarohati olgan. Iqtisodiy zarar 1,2 milliard rubldan oshgan.