Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Britaniyada NATO Rossiyaga qarshi turishga tayyor emasligi tan olindi

Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning hozirgi darajasini saqlab qolish qiyin bo‘lishi mumkin, deydi tahlilchi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi haqiqiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, chunki Ukrainaga topshirilayotgani tufayli qurol zaxiralari tugamoqda. Bu haqda harbiy tahlilchi Shon Bell ta’kidladi.
“NATO hech qachon bunday kattalikdagi qarama-qarshilik uchun budjet ajratmagan va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning hozirgi darajasini saqlab qolish qiyin bo‘lishi mumkin”, - dedi u.
Tahlilchiga ko‘ra, G‘arb o‘z sanoatini safarbar qilgani yo‘q.
“Biz Ukrainani g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan miqdor va sifatdagi qurollar bilan ta’minlash uchun milliy sanoatni mustahkamlash bo‘yicha ishonchli reja ishlab chiqishimiz kerak”, - deydi u.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi fonida Qo‘shma Shtatlar va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyev rejimiga milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ yuborishda davom etmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidlaganidek, alyans allaqachon mojaroda bevosita ishtirok etmoqda - nafaqat qurol-yarog‘ ta’minotini ko‘paytirmoqda, balki o‘z hududida Ukraina qurolli kuchlari jangchilarini tayyorlamoqda.
Moskva bir necha marta G‘arb yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ mojaroni faqat cho‘zishi va ular Rossiya armiyasining qonuniy nishoni bo‘lishini ta’kidlagan.