Baxtiyor Saidov Toshkentda xitoylik yuqori martabali amaldor bilan muzokara o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov Xitoy KP Markaziy Qo‘mitasining Tashqi ishlar masalalari bo‘yicha Kanselyariyasi rahbari Van I bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Baxtiyor Saidov Toshkentda xitoylik yuqori martabali amaldor bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Xitoy KP Markaziy Qo‘mitasining Tashqi ishlar masalalari bo‘yicha Kanselyariyasi rahbari Van I janoblarini kutib oldim. Aloqalarimizning keng qamrovli kun tartibi va 2023-yilga mo‘ljallangan tashriflar rejasini muhokama qildik”, deb yozadi Saidov.
Aytilishicha, Van I chiqqan samolyot Toshkentga texnik qo‘nishni amalga oshirgan. Xitoy tashqi siyosatiga javobgar Van I Yevropaga, keyin esa Moskvaga uchishi kerak bo‘lgan.