Atamboyev chegara masalasi hal qilishda Mirziyoyev va Japarov harakatlarini yuqori baholadi

Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga izoh berdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Sobiq prezident Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralar masalasini hal qilishda rasmiylarning harakatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga izoh berdi. U bu qarorni tarixiy deb atadi.
“Chegara haqidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega. Albatta, qo‘shnimiz hozir Shavkat Mirziyoyev bo‘lgani yaxshi. Men uning Qirg‘izistonga munosabatini bilaman, buni qadrlash kerak”, - deydi Atamboyev.
Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan muzokaralar chog‘ida qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish yakunlangan edi. Qirg‘iziston prezidenti o‘z so‘zida Shavkat Mirziyoyevni, qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muhim masalalarni hal etishda beqiyos hissasi borligini qayd etib o‘tgan.