TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent fotosuratlar uyida 11-fevraldan buyon “Sohir qalam mo‘’jizasi” III Respublika xattotlik va miniatura ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
Ta’kidlanishicha, dasturdan Buxoro miniatura maktabining katta taqdimoti hamda “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘rin olgan.
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
“Ko‘rgazmada respublikamizning barcha hududlaridan 50 dan ortiq xattotlik va miniatura yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan hunarmandlarning ijodiy ishlari namoyish etiladi. Shuningdek, miniatura yo‘nalishida sara namunalar olib kelinadi”, - dedi “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
Qayd etilishicha, ko‘rgazmaga Habibulloh Solih, Sadimjon Badalboyev, Abdulla Mirsoatov, To‘xtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov kabi xattotlarning ijodiy ishlari keltirilgan.
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
“Ilmiy-amaliy konferensiyada xattotlik san’atini chuqur o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish, ta’limga e’tibor, yaratilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlarida xattotlik san’ati namunalarini xatosiz ishlatish, ziyorat turizmini rivojlantirishda hunarmandchilik buyumlarini ishlatish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi”, - deydi mutaxassis.
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan.
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
V Tashkente proxodit vistavka kalligrafii i miniaturi.
© Foto : "Hunarmand" uyushmasi
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zolari 28 204 nafarni, shogirdlar soni 116 744 nafarni tashkil etadi. Hunarmandchilikning miniatura va xattotlik yo‘nalishida 212 nafar usta hunarmand faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma 18-fevralga qadar davom etadi.