TOShKENT, 14 fev - Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 14-fevral kuni o‘rnatilgan edi.
Bu haqida protokol Minskda MDH davlatlari rahbarlari sammiti vaqtida imzolangan edi. Rossiya va Ukraina prezidentlari Boris Yelsin va Leonid Kravchuk Minskda uchrashib tegishli shartnomalarga imzo chekishgan edi.
O‘shanda Rossiya va Ukrainaning bo‘lajak TIV rahbarlari Sergey Lavrov hamda Gennadiy Udovenko ham uchrashishgan edi.