Rossiya O‘zbekistondan quruvchilarni yollash bo‘yicha sinov loyihasini to‘xtatadi

Mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish pilot loyihasi doirasida jami 4750 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev - Sputnik. Rossiya O‘zbekistondan quruvchilarni tashkillashtirilgan tartibda yollashni bo‘yicha pilot loyihani to‘xtatmoqchi. Bu haqda Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tayyorlangan hukumat qarori loyihasida aytilgan.
Sabab sifatida hujjatda ayni damda pandemiya cheklovlari olib tashlanishi va davlatlar orasida chegaralarni kesib o‘tishdagi to‘siqlar yo‘qligi ko‘rsatilgan.
“Hozirgi vaqtda pandemiyaga oid cheklovlar olib tashlanishi, jumladan chegara o‘tish joylarida mavjud bo‘lgan to‘siqlarning, ushbu tajriba loyihasini davom ettirishni maqsadga muvofiq emas”, — deya izoh berdi Qurilish vazirligi matbuot xizmati.
Avvalroq O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi migratsiya agentligi 2022-yilning birinchi yarmida respublikadan Rossiyaga mehnat migrantlarini uyushgan holda jalb qilish qariyb olti baravarga qisqargani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil oktabr oyida Rossiya qurilish obyektlariga O‘zbekistondan quruvchilarni tashkillashtirilgan tartibda jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi boshlangan edi. Ushbu dastur doirasida Rossiyada qonuniy ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarning bir qismi, xususan, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, COVID-19 testi va "Sputnik layt" vaksinasi bilan emlash kabi jarayonlarni O‘zbekistonda o‘tkazish edi. Bu migrantlarga Rossiya Federatsiyasiga kelganidan keyin mehnat faoliyatini boshlash jarayonini tezlashtirishda yordam beradi. Ushbu loyiha doirasida Rossiya qurilish obektlariga jami 4750 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelgan.