TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hibsdan ozod etildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Bugun Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atamboyevga davolanish uchun Qirg‘izistondan chiqib ketishga ruxsat berdi.
Qayd etilishicha, shu kunning o‘zida Moldovanovka qamoqxonasidan Atambayev ozodlikka chiqdi.
Sobiq prezident zudlik bilan davolanish uchun uchib ketishini, ammo u albatta qaytib kelishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Atambayev 2019-yil avgustidan beri hibsda edi. 2020-yil oktabr voqealari paytida u bir necha kun ozodlikka chiqarilgan, keyin yana hibsga olingan.