O‘zbekistonning barcha neft va gaz konlariga tegishli huquqi Rossiyaga berilgani rad etildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bir guruh jurnalistlar bilan uchrashdi. Uning ta’kidlashicha, barcha ekspluatatsiyadagi konlarning aksariyati “O‘zbekneftgaz”ga tegishli.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.
Vazir o‘z so‘zida "O‘zbekiston barcha gaz va neftga nisbatan eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35-yilga berganmi", degan savolni rad etdi va bu bo‘yicha tavsilotlarni ochiqladi.
Uning ta’kidlashicha, barcha ekspluatatsiyadagi konlarning aksariyati “O‘zbekneftgaz”ga tegishli.
"O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on" — deydi O‘zbekiston energetika vaziri.