TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonda nikohni qayd etish holatlari salkam 18 foizga kamaydi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar oyida O‘zbekistonda FHDYo organlarida 18 032 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 399 taga (11,7 %) kamaygan.
2023 yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha FHDYo organlarida 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil etilganda har 1000 nafar aholiga nisbatan nikoh tuzish koyeffitsiyenti Xorazm viloyatida 12,6 promilleni tashkil etgan. Toshkent shahrida 3,6 promilleni tashkil etib eng past ekanligi kuzatildi.