TOShKENT, 14 fev – Sputnik. 2022/2023-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shundan:
talaba yigitlar – 544,8 ming nafar;
talaba qizlar – 495,6 ming nafar.
2021 yilning 1-yanvar holatiga, YuNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 808,4 mingtani tashkil etgan.