"Olma-Ota — Toshkent" yo‘lida qor tufayli yuzlab mashinalar turib qoldi

Yo‘lning to‘rt qismi qor bo‘roni, yomon ko‘rish va yaxmalak tufayli yopilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida 500 dan ortiq odam noqulay ob-havo sharoitiga tushib qoldi. Hozirda Chimkentga qaragan magistralda ellikta yo‘lovchi avtobusi, yengil va yuk mashinalaridan iborat ulkan tirbandlik yuzaga kelgan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Olmaota-Toshkent avtomobil yo‘lida nazorat-o‘tkazish punkti tufayli 23 ta yo‘lovchi avtobusi hamda 510 ta yengil va yuk mashinalari tirbandligi yuzaga kelgan.
KTK telekanaliga ko‘ra, guruhlar eng yaqin issiqlik punktlariga olib ketilgan, keyin esa poyezdda Taraz va Chimkentga jo‘natilgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, qor bo‘roni shu qadar kuchli bo‘lganki, ko‘pchilik bir necha daqiqada qor ostida qolgan.
“Qor ko‘chishi, qor bo‘roni oqibatida ko‘rish imkoniyati nolga teng edi. Bundan tashqari, qor bo‘roni qattiq ko‘tarildi, bunday yo‘l bo‘ylab harakat qilish qiyin edi. 189 nafarga yaqin odam qor ko‘pligidan evakuatsiya qilindi, ulardan 14 nafari bolalar”, — dedi Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Shariyev.
Uning qayd etishicha, shifokorlar tomonidan 25 kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.