Mirziyoyev BMT maxsus vakilini qabul qildi

Natalya German O‘zbekiston prezidentiga hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan muhim tashabbuslari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal Spetsialnogo predstavitelya Generalnogo sekretarya Organizatsii Obyedinennix Natsiy, glavu Regionalnogo sentra OON po preventivnoy diplomatii dlya Sentralnoy Azii Natalyu German.
Mirziyoyev Markaziy Osiyoda konstruktiv muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarida BMTning Mintaqaviy markazi va boshqa tuzilmalari bilan samarali hamkorlik qilinayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, markazning bevosita ishtirokida O‘zbekistonda bir qator yirik xalqaro forum va uchrashuvlar birgalikda tashkil etildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining muloqoti va Yoshlar uchun preventiv diplomatiya akademiyasi platformalari ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal Spetsialnogo predstavitelya Generalnogo sekretarya Organizatsii Obyedinennix Natsiy, glavu Regionalnogo sentra OON po preventivnoy diplomatii dlya Sentralnoy Azii Natalyu German.
Natalya German prezidentga mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonch muhitini mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan muhim tashabbuslari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
U Birlashgan Millatlar Xavfsizlik kengashining Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi Ijroiya tuzilmasi rahbari lavozimida O‘zbekiston bilan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi yaqin hamkorlik bundan buyon ham davom etishiga ko‘maklashishini ta’kidladi.