Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi - O‘zgidromet

Prognozlarga ko‘ra, faqat Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida esa biroz qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.