“Yangi Andijon” shaharchasi bo‘yicha 2023-yildagi rejalarning qiymati qancha?

2023 yilda 56 ta ko‘p qavatli uylarda jami 1608 ta (98902 kv.m) xonadonda qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Andijon viloyatida 411 000 aholiga mo‘ljallangan “Yangi Andijon” shaharchasi barpo etilmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha 2023-yildagi rejalarning qiymati qancha? Batafsil Sputnik maqolasida tanishishingiz mumkin.
Qayd etilishicha, 2023-yilda 56 ta ko‘p qavatli uylarda jami 1608 ta (98902 kv.m) xonadonda qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
Ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha: 1680 o‘rinli maktab qurilishi qiymati 42,5 mlrd.so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 420 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish ishlarining qiymati esa 18,4 mlrd.so‘m.
250 qatnovli oilaviy poliklinika qurishda jami obyekt qiymati 7,6 mlrd.so‘mga teng bo‘ladi.
Shuningdek, “Yangi Andijon” shaxrida ichki yo‘llarni qurish bo‘yicha jami obyektning uzunligi 7,5 km (21,0 gektar). Jami obyekt qiymati esa 116,6 mlrd.so‘m.
Ko‘p qavatli uylarni elektr energiya bilan ta’minlash bo‘yicha jami obyekt qiymati 71,9 mlrd.so‘m. Suv taqsimlash inshootini qurish bo‘yicha jami obyekt qiymati 14,4 mlrd.so‘m.
Oqova suv tozalash inshooti qurish bo‘yicha jami obyekt qiymati 104 mlrd.so‘m, shundan, 5304 metr uzunlikda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (kollektor) qurib bitkazilgan hamda ushbu muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘i ichiga 1400 metr uzunlikda oqova suv tarmoqlari tortilgan.
Shuningdek, irrigatsiya tarmog‘i (3,6km lotok) qurish hamda 1 dona nasos stansiyani rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha jami obyekt qiymati 26 mlrd.so‘m. Shundan, ekin-tikin suv nasos stansiyasi rekonstruksiyasi va 3,6 km lotok qurish hamda 1400 m uzunlikdagi bosimli quvur suv tarmog‘i montaj ishlari to‘la yakunlangan.
Ma’lumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 17-iyun kuni shaharcha qurilishiga tamal toshini qo‘ygan.