Turkiyada halok bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik vataniga olib kelindi

Ta’kidlanishicha, u Shonliurfa shahrida vafot etgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzila oqibatida vafot etgan yana bir O‘zbekiston fuqarosining jasadi kecha, 12-fevral kuni Istanbuldan Toshkentga yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, u Shonliurfa shahrida vafot etgan.
“Asli namanganlik 42 yoshli M.B.ning jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni Kahramanmarash shahrida vafot etgan asli namanganlik 40 yoshli N.M.ning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan edi.
Ma’lumot uchun, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 29 605 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 147 934 nafarga yetgan.