Sankt-Peterburgda Navoiy va Boburga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda talaba yoshlar ijrosida buyuk mualliflarning she’rlari va ruboiylari o‘qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘zbek madaniyati markazida Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbirda universitet markazlari olimlari va o‘qituvchilari, o‘zbek diasporasi vakillari hamda Sankt-Peterburg oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.
“Bugungi kechaga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida men bugun muhokama qilinadigan shoirlar haqida o‘qib chiqdim va Rossiya va O‘zbekiston tarixi qanchalik bog‘liqligidan hayratda qoldim”, - dedi universitet prorektori Dmitriy Mereshkin.
Qayd etilishicha, tadbirda talaba yoshlar ijrosida buyuk mualliflarning she’rlari va ruboiylari o‘qildi. Shuningdek, sharq raqslari ijro etildi.
Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston kinoijodkorlari hamkorligida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haqida tarixiy film suratga olinishi haqida xabar berilgan edi.