Turkiyaga yuborish uchun zarur buyum va mahsulotlar ro‘yxati yangilandi

Insonparvarlik yordamini qabul qilish punkti 24 soat ochiq.
Sputnik
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordamini qabul qilish punkti 24 soat ochiq, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Ta’kidlanishicha, Turkiyaga yuborish uchun zarur buyum va mahsulotlar ro‘yxati yangilandi:
chodir, karavot, to‘shak, ko‘rpalar, uxlash uchun maxsus qoplar;
pech-isitgichlar, termos, qo‘l fonarlari, Powerbank, generatorlar;
chaqaloqlar oziq-ovqat yormasi, bolalar tagliklari, gigiyena vositalari, oziq-ovqat (konservalar).
Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Sofdil ko‘chasi 44-uy.
Viloyatlardagi manzillarni Telegram kanalimiz orqali ko‘ring.