Turkiyadagi zilzilada halok bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlikning jasadi O‘zbekistonga yuborildi

Kahramanmarash shahrida vafot etgan asli namanganlik 40 yoshli N.M.ning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi O‘zbekistonga yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kahramanmarash shahrida vafot etgan asli namanganlik 40 yoshli N.M.ning jasadi kecha, 11-fevral kuni O‘zbekistonga yuborilgan.
Shuningdek, Gaziantepdan kelgan O‘zbekiston fuqarosiga aviachipta xarid qilingan va u O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, zilzilada halok bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosining jasadi Farg‘onaga yuborilgan edi.
Ma’lumot uchun, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 24,6 mingdan oshgan, jarohatlanganlar soni esa 80 278 nafarga yetgan.