Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning “Osa-AKM” zenit-raketa majmuasini yo‘q qildi

Ukrainaning “Osa-AKM” zenit-raketa majmuasi Donesk Xalq Respublikasining Krasniy Liman aholi punkti yaqinida yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Rossiya aviatsiyasi va artilleriyasi DXRning Krasniy Liman hududida Ukrainaning “Osa-AKM” zenit-raketa majmuasini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Ukrainaning “Osa-AKM” zenit-raketa majmuasi Donesk Xalq Respublikasining Krasniy Liman aholi punkti yaqinida yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bir sutkada Ukraina harbiylarining jami 78 ta artilleriya bo‘linmasi mag‘lub etilgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.