Zarafshon milliy tabiat bog‘ida Qizil kitobga kiritilgan gul ochildi

Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududlarida fevral oyining birinchi o‘n kunligidan Kesselring savrinjonning gullash davri boshlangani qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Zarafshon milliy tabiat bog‘ida Qizil kitobga kiritilgan Kesselring savrinjon gullari ochildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududlarida fevral oyining birinchi o‘n kunligidan Kesselring savrinjonning gullash davri boshlangani qayd etildi.
Kesselring savrinjon
Kesselring savrinjoni O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uni yig‘ish, o‘sadigan joylarda chorva mollarini boqish va yer qazish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zarafshon milliy tabiat bog‘i, Surxon davlat qo‘riqxonasi va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida bahoriy gullar ochilgan edi.