TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Turkiyaga insonparvarlik yordamini qabul qilish qayta boshlandi. Faqat qabul punkti manzili o‘zgardi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
Yangi manzil Toshkentning Yangihayot tumani, Sofdil ko‘chasi 44-uy “TASHKENT INDEX”da joylashgan. U yerda keltirilgan mahsulotlarni qadoqlash uchun 15000 kv.m joy ajratilgan.
TASHKENT INDEX
© Savdo-sanoat palatasi
Mahsulotlar har kun 24 soat davomida qabul qilinadi.
Butun O‘zbekiston bo‘yicha Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ilmoqda. Viloyatlardagi manzillarni bizning telegram kanalimizda ko‘ring.
Turklar muhtoj bo‘layotgan mahsulotlar ro‘yxati bu yerda.
Eslatib o‘tamiz, bugun insonparvarlik yordamini yig‘ish vaqtincha to‘xtatilgan edi. O‘zbekistonliklarning yordami bilan birodar turk xalqi uchun kerakli mahsulotlar bilan to‘ldirilgan 25 ta yuk mashinasini (taxminan 550 ta poddon) jo‘natildi.