TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 20 mingdan oshdi. Bu haqda RIA Novosti mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaga tayanib xabar berdi.
"Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 20 213 kishini tashkil etadi, 80 052 kishi jarohat oldi", dedi Koja Hatay viloyatida o‘tkazilgan brifingda.
Dushanba kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi.O‘sha kuni yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Mazkur zilzilalar hozirgi kunda Turkiyaning zamonaviy tarixida 1939-yildagi Erzincan zilzilasidan keyin ikkinchi yirik ofat hisoblanadi. Yer silkinishlari ortidan yuzlab zilzilalar mamlakatning o‘nta viloyati va qo‘shni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezilgan.