TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Turkiyada o‘zbekistonliklar tomonidan qurilgan harbiy dala gospitali ish boshladi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Hatay viloyatining Ovakent mahallasida faoliyatini boshlagan harbiy dala gospitali zilziladan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
Harbiy dala gospitali
© O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
Ushbu dala shifoxonasi O‘zbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlangan.
Harbiy dala gospitali
© O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
Mazkur dala gospitali O‘zbekiston Qurolli kuchlari tomonidan tiklandi. U yerda harbiy shifokorlar yaradorlarga yordam ko‘rsatadi.
Harbiy dala gospitali
© O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Turkiyaning Gaziantep shahriga 71 nafar qutqaruvchi va tibbiyot xodimlaridan iborat yana bir guruhni yuborgan. Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otradining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga to‘qqizta alohida bo‘linmadan iborat ko‘chma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.