TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Sobiq Toshkent dengizi dam olish maskani bino-inshootlari sotuvga qo‘yildi. Lotning boshlang‘ich narxi 4,86 mlrd so‘mga teng.
Noturar joy Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga qo‘yildi.
Sobiq “Tashmorya” dam olish maskani
© Elektron onlayn-autsionlarni tashkil etish markazi
Lotning boshlang‘ich narxi 4,86 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Zakalat puli esa 243 mln so‘m etib belgilangan.
Autsionda ishtirok etish uchun arizalar 6-mart soat 09:00 gacha qabul qilinadi. Shu kunning o‘zida soat 10:00da autsion boshlanadi.
Ma’lumot uchun, mazkur maskan Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Oltio‘g‘il MFY,192-uyda joylashgan. Bino maydoni 2882,1 kv.metr, yer maydoni 3,46 gektarga teng. Dam olish maskanida elektr energiyasi, gaz va suv mavjud.