O‘zbekistonda jadidchilar haqida filmlar yaratiladi

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, jadidchilik harakati davriga oid ma’lumotlarni to‘plash va ilmiy tadqiqotlar olib borish rivojlantiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonda jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar yaratiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjat loyihasida jadidchilik harakati davriga oid ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, hujjat qabul qilinsa O‘zbekistonda jadidchilik harakati davri, jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy ma’lumotlarni to‘plash ishlari olib boriladi.
To‘plangan ma’lumotlar asosida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan ko‘p jildlik kitob nashr etiladi hamda hujjatli filmlar yaratiladi.
Mazkur vazifalarni bajarishga Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat va turizm vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Badiiy akademiya va Fanlar akademiyasi mas’ul etib belgilandi.