OAV: Baydenning eng zaif nuqtasi ma’lum bo‘ldi

19FortyFive: AQSh prezidenti Baydenning ruhiy holati uning eng katta zaifligidir.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning siyosiy faoliyati bilan bog‘liq "bir katta zaif tomoni" bor. Bu haqda RIA Novosti 19FortyFive nashriga tayanib xabar berdi.
Nashr katta muharriri Xarrison Kassning maqolasida keltirilishicha, Baydenning ruhiy holati uning zaifligi, shu sababli AQSh rahbarining ommaviy chiqishlari ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Maqola muallifi professional ma’ruzachi Rik Poznyakning fikriga tayanib, Amerika yetakchisi “juda tez-tez ming‘irlaydi, “chollarning iboralarini” ishlatadi, bema’ni gaplarni tez-tez gapiradi”, deb ta’kidlaydi.
Qayd etilishicha, saylovchilar Baydenning yoshi va aql-zakovatidan shunchalik xavotirdaki, ular uning 2024-yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini istashmaydi.
O‘tgan yili 80 yoshga to‘lgan Jo Bayden AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Tanqidchilar uni tez-tez so‘zlar va fikrlash qobiliyatini yo‘qotib qo‘ygan paytlarini aytib, uni aqliy zaiflikda ayblashadi.