TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Noqulay ob-havo tufayli “Olmaota-Taraz-Chimkent-Toshkent” yo‘lining yopiq qismida 250 ga yaqin yuk mashinasi va avtobuslar qolib ketdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiston viloyatining Shakpak-boba qishlog‘ida 120 yengil, 100 yuk mashinasi, 15 yo‘lovchi avtobusi va 600 yo‘lovchi to‘planib qolgan.
"Hozirda noqulay ob-havo tufayli yo‘llar yopiq. Yo‘lovchilar uchun 3 ta isinish nuqtasi ochildi. Ishonch telefoni ishlamoqda: 8 (7253) 35 78 81", deyiladi xabarda.
Xuddi shunday holat Olmaota-Termiz-Toshkent yo‘lining Jambil viloyatidagi yopiq qismi oldida ham yuzaga kelgan. U yerda 400 dan ortiq yengil va yuk mashinalari qolib ketgan.