Gulistonda uch egizak dunyoga keldi

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida dunyoga kelgan go‘daklarning uchchalasi ham o‘g‘il
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Gulistonda uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvchi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uch egizak tug‘ildi.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida dunyoga kelgan go‘daklarning uchchalasi ham o‘g‘il. Kattasining vazni 2,630, o‘rtanchasiniki 2,870 va kichigining og‘irligi 2,700 kilogrammga teng.
Ayni paytda chaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxshi. Ular tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologlari nazoratida.