TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Ugledar yaqinidagi Svato-Uspenskiy Nikolo-Vasilyevskiy ibodatxonasiga zarba berishda davom etmoqda. Uning binolari jiddiy shikastlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Tez-tez o‘qqa tutilishi va jiddiy vayron bo‘lishiga qaramay, ibodatxona u yerda qolgan ruhoniylar va qochqinlar uchun boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Odamlar u yerda qiyin shart-sharoitlarda kun ko‘rishmoqda: ularning hech qanday aloqalari, jumladan, elektr energiyalari yo‘q.
Muntazam berilayotgan zarbalar sabab mahalliy aholi hudud bo‘ylab harakatlana olishmaydi, ba’zan suv olgani bora olishmaydi.