TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda diplomatlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashishgan.
Ikki tomonlama tadbirlar, shuningdek joriy yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli darajadagi o‘zaro tashriflar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishga tayyorliginini bildirishdi. qayd etildi. Rossiya vakillarining 2023-yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” navbatdagi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.